Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Poytaxt" GTF xodimlari is gazidan zaharlanishning oldini olish va tabiiy gazdan xavfsiz, oqilona foydalanish maqsadida tushuntirish ishlari olib borishmoqda
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali va uning tuman bo'limlari, FVVning tuman bo'limlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri bo'ylab is gazidan zaharlanishning oldini olish va tabiiy gazdan xavfsiz, oqilona foydalanish maqsadida tushuntirish ishlari olib borishmoqda.
Shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun yo'riqnoma, bukletlar tarqtilmoqda. Nafaqat aholi xonadonlari, balki gavjum joylar - bozorlar, dorixonalar, ovqatlanish joylarida ham targ'ibot ishlari olib borildi.
Bu kabi amaliy ishlardan asosiy maqsad - aholining xavfsizligini ta'minlash, mavsumni betalofot o'tkazish ekan, mavjud muammolar yuzaga kelsa soha xodimlari tomonidan o'z vaqtida bartaraf etilmoqda.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati