Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish orqali hududlarda aholi farovonligi va turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsad qilingan. Ayni kunlarda “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyatimiz boʼylab bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Xorazm viloyatining eng chekka hududlaridan biri, Turkmaniston Respublikasi bilan chegara hududda joylashgan Tuproqqal’a tumanining “Oxunboboyev” mahallasida dasturga asosan 1,2 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari hamda 10 ta gaz taqsimlash punktlarini qurish va ta'mirlash ishlari bajarildi.
Bundan tashqari aholi xonadonlariga zamonaviy hisoblagichlar o’rnatildi.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyat aholisini sifatli va barqaror tabiiy gaz bilan taʼminlash borasidagi amaliy ishlar hududlar kesimida davom etmoqda.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati