Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Samarqand viloyatining Pastdarg’om tumanida ham tabiiy gaz yetib bormagan axoli xonadonlari suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda. Iste’molchilar uchun belgilangan jadval asosida maishiy gaz ballonlari yetkazib berilmoqda.
Joriy yilning 14 mart kuni Pastdarg’om tumanidagi 6 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi aholi xonadonlari uchun 35,1 tonna, 1 ming 964 dona suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.
Shuningdek, joriy yilning 14 mart kuni Samarqand viloyatidagi 85 ta mahalla fuqarolar yig’inlariga jami 330,9 tonna, 16 ming 545 dona suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.