Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta’minlashda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgustdagi “ Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi 646-sonli qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Ishtixontumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan mazkur qaror ijrosini o’z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi 56 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi 33 ming 728 nafar iste’molchilar suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.
Shundan, 1 ming 197 nafari Qirqyigit, 1 ming 125 nafari Xalqobod, 977 nafari Zarbuloq hamda 976 nafari Ko’ktepa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qilishadi. Suyultirilgan gaz iste’molchilari davlatimiz rahbari, hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan bahramand bo’lishmoqda.
-Tumandagi barcha suyultirilgan gaz iste’molchilari ID kartalar bilan ta’minlangan. Suyultirilgan gaz uchun to’lovlarimiz nazorat ostida amalga oshiriladi. “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan suyultirilgan gazning avtomatlashtirilgan tizimga o’tgani, iste’molchilarga qator qulayliklar yaratdi. Aholi xonadonlari uchun suyultirilgan gaz ballonlarining belgilangan muddatda yetkazilishi doimiy nazoratga olingan,-deydi “Ishtixontumangaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Shoxrux Qilichov.
Amalga oshirilayotgan ishlardan ko’zlangan maqsad, aholining turmush darajasini yanada oshirish bilan birga, ularga qulayliklar yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.