Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun, Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov innovatsion markazda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolchilarini onlayn nazorat qilish yuzasidan tashkil etilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
"Hududgaztaʼminot" aksionerlik jamiyati raisi o‘rinbosari – bosh muhandisi T.Turdiyev hamda “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali direktori A.Muhammadiyevlar yangi innovatsion markazning afzalliklari, bu yerda Aholi va ulgurji isteʼmolchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Taʼkidlandiki, ushbu markaz tomonidan viloyatdagi 283 ming 802 ta tabiiy gaz isteʼmolchilari tomonidan tabiiy gaz isteʼmoli, gaz to‘lovlari singari maʼlumotlar inson omilisiz, masofadan onlayn rejimida boshqariladi. Tabiiy gaz isteʼmolchilari uchun barcha maʼlumotlar avtomatik ravishda yuboriladi.
Shuningdek, vaziyatlar markazi davlat notarial idoralari, davlat soliq qo‘mitasi, ichki ishlar vazirligi, davlat xizmatlari markazi singari o‘nlab idoralar bilan integratsiyalashgan holda faoliyat yuritadi. Aholi va ulgurji isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gaz to‘lovlarini onlayn tarzda amalga oshirishlari uchun imkoniyat yuzaga keldi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi Erkinjon Turdimov raisligida “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali va uning shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan ijro intizomi holati, tizimda raqamli texnologiyalarni qo‘llash masalalari va debitor qarzdorlikni kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil etildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi.