Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filialining mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i va "Termizshahargaz" gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan shaharning "Bog'ishamol" mahallasida aholining gazdan foydalanish holati o‘rganildi.
Aytish kerak, hozirda mahallada tabiiy gazdan foydalanadigan 4600 ta xonadon mavjud bo‘lib, shahar gaz ta’minoti bo‘limi chilangari Siddiqov Azim tomonidan mavsum boshidan buyon 3110 ta xonadonda mavjud gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.
O‘rganish ishlari davomida ba’zi iste’molchilarning gazdan foydalanish talablariga rioya qilmaslik, ya’ni, dam olish xonasida ochiq olovdan, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanish holatlari, shuningdek, dudbo‘ronlarning isitish mavsumiga tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi.
Jarayonda aholiga zamonaviy isitish qozonlari va tejamkor gorelkalarning afzalligi haqida ma’lumotlar berildi. Gazdan xavfsiz foydalanish, dudbo‘ronlarning me’yor asosida o‘rnatilishi va tozaligiga e’tiborli bo‘lish kerakligi tushuntirildi.
- Men gaz xodimlarining tavsiyasi bilan alohida isitish qozoni o‘rnatdim. Gaz iqtisod bo‘lishi bilan birga xavfsizlik va tozaligi jihatidan ham qulay ekan. Ayniqsa, yoshi ulug‘lar uchun bu juda muhim. Gaz o‘chib yonsa ham xavotir olmaymiz. Uyda ochiq olov yo‘qligi bois, gaz hidi chiqmaydi, - deydi mahalla fuqarosi Inobat Karimova
Xavfsizlik - har bir insonning o‘z qo‘lida. Beparvolik esa, yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mahalla fuqarolariga ushbu mazmundagi maxsus eslatmalar taqdim etildi.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati