Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yuridik manzili: 100115, Oʼzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Muqimiy koʼchasi, 98-uy Tel.: (71) 281-16-68; e-mail: ikt@hududgaz.uz, STIR: 306605769.
“Hududgaztaʻminot” aktsiyadorlik jamiyatining “Hududgaz Sifrovizatsiya” filiali “Hududgaztaʻminot” АJ yagona asoschisining 2020 yil 13 apreldagi 9-sonli qaroriga asosan “Hududgaz Sifrovizatsiya” filiali tashkil etilgan.
Korxona oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari boshqa normativ-xuquqiy hujjatlarga, shuningdek taʼsischining qaror, buyruq, farmoyishlari va ushbu Ustav asosida olib boradi. KORXONА FАOLIYATINING MАQSАDI VА TURLАRI
Filial oʼz faoliyatini Аxborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborotni himoya qilish va undan foydalanishning jahon darajasini hisobga olgan holda Kompaniyaning butun boshqaruv vertikalida axborot texnologiyalari siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʼyicha yagona texnik siyosatni amalga oshiradi.
Filial oʼz faoliyatini Jamiyatning boshqa tuzilmaviy korxonalari bilan, shuningdek, oʼziga yuklangan funksional vazifalarni hal qilish doirasida tashqi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Yagona axborot tizimini shakllantirishni taʼminlash Jamiyatda davlat organlari, moliya institutlarining axborot tizimlari bilan bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi.
Jamiyat va tarkibiy korxonalar faoliyatini avtomatlashtirish, ularning oʼz vazifalarini bajarish samaradorligi va sifatini oshirish imkonini beruvchi axborot tizimlarini yaratish, xususan:
suyultirilgan va tabiiy gazni ulgurji isteʼmolchilarga va aholiga yetkazib berish va isteʼmol qilishning haqiqiy balanslarini shakllantirish va nazorat qilishni avtomatlashtirish;
abonentlar hisobini avtomatlashtirish, abonentlar uchun mablagʼlarning kelib tushishi va sarflanishini hisobga olish, turli tarif rejalarini qoʼllab-quvvatlash, oldindan toʼlov (avans toʼlov) yoki kredit boʼyicha hisob-kitob qilish, abonentga kvitansiyalarni berish;
ulgurji isteʼmolchilar va aholi uchun gaz isteʼmoli prognozlarini shakllantirishni avtomatlashtirish;
taʼsir etuvchi omillarning keng ekspluatatsion diapazonida berilgan metrologik aniqlik bilan gaz hisoblagichlaridan tabiiy gazning texnologik koʼrsatkichlarini kuzatish va yigʼish;
moslashuvchan isteʼmol siyosatini joriy etish orqali gaz taqsimotini optimallashtirish va gazdan oqilona foydalanish.
Tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga koʼrsatilayotgan interaktiv xizmatlar roʼyxatini kengaytirish va sifatini oshirish, tegishli axborot resurslaridan keng foydalanishni taʼminlash.
Gaz yetkazib berish va sotish boʼyicha markazlashtirilgan kompyuter hisobidan olingan axborotni qabul qilish, qayta ishlash, tahlil qilish va berishning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish.
Tuman (shahar) gaz taʼminoti shoxobchalarida markazlashtirilgan kompyuter hisobini yuritish va gaz toʼlovi dasturlarining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash. Ularning ishlarining ishonchliligini tekshirish.
Gaz yetkazib berish va sotishning markazlashtirilgan kompyuter hisobini yuritish dasturini takomillashtirish. Jamiyat axborot tizimining axborot xavfsizligini taʼminlash.
Jamiyatning butun boshqaruv vertikali boʼylab mahalliy tarmoqlar (LАN), Internet, aloqa serverlari va modemlarning ishlashini qoʼllab-quvvatlash.
Jamiyatning butun boshqaruv vertikali boʼylab elektron hujjat aylanishini (EDM), shuningdek hujjatlar bilan ishlashning boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarini (maʼlumotnomalar, maʼlumotlar bazalari va boshqalar) qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish.
Filial faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot, loyihalash, taʼmirlash va boshqa ishlar boʼyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan shartnomalarning belgilangan tartibda oʼz vaqtida bajarilishi va tuzilishini nazorat qilish.
Jamiyatning barcha korxonalari uchun aloqa operatorlari tomonidan kompaniya tomonidan koʼrsatiladigan aloqa xizmatlari hajmi va sifatini rejalashtirish, nazorat qilish, shuningdek, Jamiyat ijroiya apparati tizimlari va aloqa vositalarini yaxshi holatda saqlash.
Taxririyat sanasi: 12.05.2022 16:13
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!