Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“HUDUDGAZTAMINOT” AJ TASARRUFIDAGI “HUDUDGAZ METROLOGIYA” FILIALI
Pochta va yuridik manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug`bek tumani, Navnihol, 86 uy, pochta indeksi 100164 Telefon: +998(71) 209-11-04 elektron pochta: metrologiya@hududgaz.uz Qabul kunlari: har kuni soat 10-00 dan 12-00 gacha.
“Hududgaz Metrologiya” filiali Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 iyundagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF6010-sonli Farmoni va “Hududgaztaminot” AJ kuzatuv kengashining 2020 yil 19 iyundagi qaroriga asosan tashkil etilgan.
Filial Jamiyatning alohida boʼlinmasi hisoblanadi va metrologik taʼminoti funktsiyasini amalga oshiradi. Filial tarkibiga Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Poytaxt va viloyatlar boʼlimlari kiradi.
Filial oʼz faoliyatida davomida, Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va buyruqlari, Davlatlararo standartlar va Oʼzbekiston Respublikasining Davlat standartlari, Jamiyat ustavi, davlat, tarmoq dalolatnomalari va normalari, Energetika vazirligi va “Hududgaztaminot” AJ buyruqlari, sohaning normativ va boshqaruv hujjatlari, yuqori tashkilotlarning yoʼriqnomalari va ushbu Nizom, shuningdek jamiyatning boshqaruv tizimining meʼyoriy hujjatlari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik, sanoat sanitariyasi va yongʼindan himoya qilish qoidalari, ichki tartib qoidalariga amal qiladi.
Filialning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Oʼzbekiston Respublikasining “Metrologiya” toʼgʼrisidagi Qonuni, amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar hamda qoidalarga muvofiq barcha tabiiy va suyultirilgan gazni hisobga olish uskunalarini metrologik meʼyor talablari darajasida ishlashini taʼminlash, tahlil va nazorat qilish hamda respublikada oʼrnatilgan metrologik standartlarni filial va viloyat boʼlimlarida tadbiq etish;
- Jamiyat departamentlari, boshqarma, xizmatlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda gazni hisobga olish vositalariga taalluqli masala va tekshiruvlarda ishtirok etish;
- Metrologik taʼminlashning asosiy yoʼnalishlarini belgilash va yangi qoidalar, standartlarni ishlab chiqishda mutaxassis sifatida qatnashish;
- Ulgurji iste`molchilar bo`yicha Oʼzbekiston Respublikasida Davlat standartlashtirish talablariga mos keladigan oʼlchov vositalarini sohada qoʼllash;
- Gaz hisoblagichlarni yechish, qiyoslash koʼrigidan oʼtkazish va oʼrnatish hamda bir martalik tamgʼalash boʼyicha yuridik shaxslardan Davlat xizmatlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali va tuman (shahar) gaz ta`minotiga kelib tushgan murojaatlarni ijrosini taʼminlash;
- Ulgurji isteʼmolchilar tomonidan gazni hisobga olish uskunalaridan foydalanishda metrologik qoidalarga zid ravishda sodir etilgan noqonuniy harakatlar yoki qoidabuzarliklarni aniqlashda ishtirok etish;
- Ulgurji isteʼmolchilarni tabiiy gaz nazorati va hisobini avtomatlashtirish tizimi (TGHNAT/ASKUG)ga ulanishini tashkillashtirish;
- Ulgurji isteʼmolchilarning oʼz mablagʼlari hisobidan oʼrnatilgan modem qurilmalarini TGNHA tizimiga kunlik hisoblagich ko`rsatgichlarini kelishini doimiy kuzatib borish;
- Ulgurji isteʼmolchilarning oylik tabiiy gaz iste`moli ko`rsatgichlarini TGNHA tizimi orqali olish;
- “O`ztransgaz” AJ, “O`zneftegaz” AJ lari o`lchash vositalari orqali “Hududgaz” gaz ta`minoti filiallari tomonidan tabiiy qaz hajmlarini metrologik talablarga mos ravishda qabul qilinishida ishtirok etadi;
- “Hududgaz” gaz ta`minoti filiallari hisobida bo`lgan texnologik o`lchash vositalarini oylik gaz iste`molini metrologik talablarga mos ravishda yuritilishini ta`minlaydi;
- Shartnoma asosida ulgurji isteʼmolchilarning o`lchash qurilma va/yoki o`lchash vositalariga servis xizmatlari ko`rsatadi;
- Amaldagi qonunchilik bilan taʼqiqlanmagan boshqa xizmat turlari koʼrsatish faoliyatlari bilan shugʼullanish;
Filial quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
- Oʼz vakolati doirasida filialning viloyat boʼlimlari faoliyatini nazorat qiladi;
- Belgilangan metrologik standartlarni Filial va uning viloyat boʼlimlarida tadbiq etish;
- Gaz taqsimlash stantsiyasida, ulgurji isteʼmolchilarda va texnologik gaz oʼlchash moslamalarida oʼrnatilgan gaz oʼlchash moslamalari (oʼlchash majmualari) va oʼlchash asboblarining ishlashini nazorat qilishni taʼminlash;
- Filial va uning boʼlimlari, Jamiyat boshqarmalari, boʼlimlari, boʼlinmalari va boshqa uchinchi tashkilotlar bilan qoʼshma tekshiruvlarda mutaxassis sifatida ishtirok etish. Gazni oʼlchash birliklarining holati, oʼlchash vositalaridan foydalanish, ularni bajarish va ularga rioya qilish, metrologik qoidalar va normalar toʼgʼrisida yozma izohlar va tavsiyalar berish;
- Filial va uning boʼlimlarida oʼlchovlarning bir xilligi va zaruriy aniqligi ustidan nazoratni taʼminlash. Zamonaviy usullar va oʼlchash vositalarini, avtomatlashtirilgan oʼlchash asboblari va axborot-oʼlchash tizimlari va majmualarini joriy etish boʼyicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- Metrologik taʼminlashning asosiy yoʼnalishlarini aniqlash, metrologik taʼminlashning yangi qoidalari va normalarini ishlab chiqishda qatnashish, ularni takomillashtirish maqsadida mavjud qoidalarga amal qilish va qoidalarga oʼzgartirishlar kiritish xamda Filial va uning boʼlimlarida tegishli ishlarning bajarilishini boshqarish;
- Oʼlchov vositalarini ishlab chiqish, sinovdan oʼtkazish, ularning holati, qoʼllanilishi, taʼmirlanishi va qiyoslanishida mutaxassis sifatida ishtirok etish;
Xizmat turlari:
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 256-son hamda 2019 yil 20 avgustdagi 698-son qarorlariga muvofiq, gaz hisoblagichlarni yechish, qiyoslash koʼrigidan oʼtkazish va oʼrnatish hamda bir martalik tamgʼalash boʼyicha yuridik shaxslardan Davlat xizmatlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali va tuman (shahar) gaz ta`minotiga kelib tushgan murojaatlarni bo`yicha xizmatlar ko‘rsatish;
Taxririyat sanasi: 17.02.2023 10:46
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!