Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Logisika” Unitar korxonasi 2020 yil 30 iyundagi 12-sonli “Hududgazta’minot” АJ yagona ishtirokchining qaroriga asosan tashkil etilgan.
Unitar korxona Jamiyatning mustaqil bo'linmasi bo'lib, transport-ekspeditorlik faoliyati, jumladan temir yo’l vа avtomobil orqali tashish, logistika xizmatlarini vа аvtomobil transportida yuk tashish bo’yicha xizmatlar kursatadi.
Unitar korxona oʼz faoliyati davomida:
- Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va buyruqlari;
- Davlat, tarmoq dalolatnomalari va normalari;
- Energetika vazirligi va “Hududgaztaminot” АJ buyruqlari;
- Sohaning normativ va boshqaruv hujjatlari, yuqori tashkilotlarning yoʼriqnomalari va korxonaning ustavi, shuningdek jamiyatning boshqaruv tizimining meʼyoriy hujjatlari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik, sanoat sanitariyasi va yongʼindan himoya qilish qoidalari, ichki tartib qoidalariga amal qiladi.
Unitar korxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar talablariga qat’iy muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan suyultirilgan uglevodorod gazini avtomobil transporti orqali gaz to‘ldirish punktlari va stansiyalarigacha tashishni tashkil etish;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish bo‘yicha tasdiqlangan taqsimotlarga muvofiq gaz ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan gaz to‘ldirish punktlari va stansiyalarigacha o‘z vaqtida suyultirilgan uglevodorod gazni yetkazib berilishini nazorat qilish;
- Avtomobil transporti orqali yuklarni tashishni tashkil etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish;
- Temir yo'l transporti orqali yuklarni tashishni tashkil etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish;
- Avtomobillar va maxsus avtotransport vositalaridan (shu jumladan vagon-sisternalaridan) foydalanish samaradorligini oshirish, yetkazib berish yo‘nalishlarini rejalashtirishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish hamda transport vositalarining yuk ko‘tarish quvvati va hajmidan to‘liq foydalanish;
- Logistika jarayonining barcha ishtirokchilarining muvofiqlashtirish, aniq hisoblash va oqilona harakatlari orqali etkazib berishni samaradorligi va optimallashtirish choralarini ko'rish;
- Unitar korxona faoliyati bilan bog'liq shartnomalarning ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda o'z vaqtida bajarilishi va tuzilishini nazorat qilish;
- Ijroiya apparati va unga qarashli korxonalar mutaxassislariga unitar korxona faoliyati bilan bog'liq masalalar bo'yicha tashkiliy, uslubiy va maslahat yordami ko'rsatish;
- Korxona faoliyati mavzusi bo'yicha belgilangan hisobotni yuritish;
- Amaldagi qonunchilik bilan taʼqiqlanmagan boshqa xizmatlar koʼrsatish faoliyatlari bilan shugʼullanish.
Unitar korxonasi quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
- O'z vakolatlari doirasida korxona faoliyatini boshqaradi, unga yuklangan vazifalar va ko'rsatmalar bo'yicha rejalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning bajarilishini ta'minlaydi va tegishli hisobotlarni yuritadi;
- Avtotransport vositalari va temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi harakati monitoringini tashkil etadi;
- Nazorat-qulflash va muhrlash moslamasi bilan ta'minlaydi.
Taxririyat sanasi: 17.05.2023 12:27
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!