Qidiruv
info@hududgaz.uz 1104 (24/7)
“Surxongazmash” mas’uliyati cheklangan jamiyati to‘g‘risida MA’LUMOT
Jamiyat direktori: Shaxobiddinov Sanjarbek Faxriddin o‘g‘li.
Jamiyatning to‘liq nomi “SURXONGAZMASh” mas’uliyati cheklangan jamiyat.
Yuridik shaxsning qisqartirilgan nomi: “SURXONGAZMASh” MChJ
Tashkil etilgan sana: 13.07.2018 yil. 622370-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan.
STIR: 305650976
Tashkiliy-huquqiy shakli: Mas’uliyati cheklangan jamiyat.
Joylashgan manzili: Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sariosiyo, Afrosiyob maxallasi, Binokor ko‘chasi.
Tasischilar: “Hududgazta’minot” AJ
Xodimlar soni: 18 nafar
shundan:
4 nafar rahbar-muhandislar;
14 nafar ishchi-xizmatchilar.
Jamiyatning faoliyat turi:
Jamiyatni faoliyatining predmeti bo‘lib boshqa toifalarga kiritilmagan tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish hisoblanadi. Shu jumladan:
- qurilish metalla konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarish;
- aholi xonadonlarida suyultirilgan gaz iste’moli uchun maishiy gaz ballonlari ishlab chiqarish;
- metall eshik va derazalar ishlab chiqarish;
- metallarga ishlov berish va metallarni qoplamalar bilan qoplash;
- metall bochkalar va shu kabi idishlar ishlab chiqarish;
- boshqa metall sisterna, rezervuar va konteynerlar ishlab chiqarish;
- engil metallardan upakovka materiallar ishlab chiqarish;
- listlangan metallni bolg‘alash, iskanjalash, qoliplash, rolikli egish mashinalarida listlangan metallni profillash;
- radiatorlar va markaziy isitish qozonlari ishlab chiqarish;
- simdan buyumlar, zanjirlar va prujinalar ishlab chiqarish;
- mahkamlash uchun rezbali buyumlar ishlab chiqarish;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa har qanday faoliyat turlari.
Maishiy gaz ballon ishlab chiqarish quvvati:
- oylik: 8 300 dona;
- yillik: 100 000 dona;
1 dona maishiy gaz ballon narxi: 590,0 ming so‘m.