Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“YETKAZIB BERISH QUVURLARINING DAVLAT KADASTIRI”NI YURITISH MAVZUSIDA TAQDIMOT BO’LIB O’TDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi 4819-sonli qaroriga asosan “Hududgaztaʼminot” AJ tasarrufidagi “Yetkazib berish quvurlari”ning davlat kadastrini yuritish, yaʼni gaz tarmoqlarining joylashgan oʻrni va maʼlumotlar ba’zasini yaratish hamda ushbu maʼlumotlarni davlat kadastrlari palatasining “Milliy geoaxborot tizimi”ga (MGAT ga) elektron shaklda kiritish va yangilab borish vazifasi yuklatilgan edi.
Qaror ijrosi yuzasidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida jami 8 186, 417 kilometr gaz tarmoqlari mavjud bo’lib, shundan, yuqori bosimli 2 20,119 km, o’rta bosim 1 317,804 kilometr, past bosim 6 648,494 kilometrni tashkil qiladi. “Kadastr va geoinformatsiya tizimini joriy etish boʻlimi” tomonidan filial tasarrufidagi 6 000 kilometrga yaqin gaz tarmoqlarining joylashuvi bo’yicha elektron topoxarita va elektron ma’lumotlar ba’zasi yaratildi. Hozirda bu bo’yicha ishlar davom etmoqda.
“Hududgaztaʼminot" AJning “Kadastr va geoinformatsiya tizimini joriy etish boʻlimi” boshligʻi M.Mansurov va bosh mutaxasissi M.Mirzaliyev, filial direktori T.Grabovich raisligida filialning barcha tuman boʻlimlarining rahbarlari hamda bosh muhandislar ishtirokida “Yetkazib berish quvurlarining davlat kadastri”ni yuritish, gaz tarmoqlarining elektron xaritasidan foydalanish, uning afzalliklari, foydalanish imkoniyatlari va kelgusi rejalar boʻyicha interaktiv taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Taqdimotda joriy etilayotgan dastur tasarrufidagi gaz tarmoqlarini “onlayn” tizimda nazorat qilish, joylashgan oʻrni boʻyicha aniq manzilli hisobini yuritish, har bir qarich gaz tarmoqlari va ularda oʻrnatilgan uskunalar bo’yicha maʼsul xodimlarni biriktirish, gaz tarmoqlari orqali yetkazib berilayotgan gazning bosimini nazorat qilish imkoniyatlari va shu kabi boshqa qulayliklar haqida taʼkidlab oʻtildi.
Bir soʻz bilan aytganda gaz ta’minotidagi mazkur jarayonlar ish samaradorligini oshirib, har tomonlama qulayliklar eshigini ochishi tabiiydir.
✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati