Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti jamoasi har bir iste’molchiga suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berib, aholi ehtiyojini qondirish, ularga qulay turmush-tarzini yaratish yo‘lida astoydil mehnat qilmoqdalar. Shu kunlarda mamlakatimizda havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda, bu esa tizim xodimlariga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Bugun ham dam olish kuni bo‘lishiga qaramay soha xodimlari xalq xizmatida bo‘ldilar. Viloyatning tog‘li hududlaridan biri bo‘lgan Pop tumanidagi “Guliston”, “Chodak boshi”, “Yuqori Chodak boshi” va “Bayon” mahallalarida yashovchi aholiga bugunning o‘zida 14 tonnaga yaqin suyultirilgan gaz yetakazib berildi.
Ta’kidlash joiz, mazkur tog‘li hududlar viloyat markazidan 100-120, tuman markazidan esa 55-60 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ushbu hududga “Poptumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan aholining maishiy ehtiyojlari uchun suyultirilgan gazga to‘ldirilgan gaz ballonlari oyma oy, o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.
Gaz ballonlarini tarqatish davomida turli ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun undan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish zarurligi alohida eslatib o‘tilmoqda.
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati