Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ma’lumki, qish mavsumida ob-havoning keskin sovib ketishi bilan suyultirilgan uglevodorodli gazning zichligi o‘zgarishi natijasida, ma’lum bir qismi og‘ir qoldiqqa aylanadi va yonuvchanligini yo‘qotadi. Shu bois, undan foydalanish mumkin emas. Bugungi kunda, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialining “Pop”, “Uychi”, “Yangiqo‘rg‘on” hamda “To‘raqo‘rg‘on” gaz to‘ldirish inshootlarida og‘ir qoldiq to‘kish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda. Shuningdek, iste’molchilarga sifatli gaz yetkazib berish samarasini oshirish maqsadida filialning gaz to‘ldirish inshootlaridagi mavjud 5 ta og‘ir qoldiq to‘kib olish uskunasi bugunga kelib 16 taga yetkazildi.
“Suyultirilgan uglevodarod gazi issiqda va sovuqda o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun maishiy gaz ballonlarni og‘ir qoldiqdan bo‘shatish yoz mavsumiga ko‘ra qish mavsumida ko‘proq tashkil etadi, - deydi “Pop” gaz to‘ldirish shoxobchasi og‘ir qoldiq to‘kuvchi chilangari Sobitxon Muxammedov. – “Og‘ir qoldiqni to‘kishda barcha inshootlarda har bir to‘kilayotgan mashiy gaz balloni avval tarozidan o‘tkaziladi, og‘ir qoldiqdan bo‘shatilgach, yana tortib, so‘ngra to‘kilgan og‘ir qoldiq miqdorlari (kg)ni maxsus kitobga qayd etib boriladi. Maishiy gaz ballonlardan mavjud og‘ir qoldiqlar to‘kilgandan keyingina gaz quyish syexida belgilangan me’yorda 20 kg suyultirilgan gaz bilan to‘ldiriladi”.
Joriy yilda “Pop” gaz to‘ldirish shoxobchasida 7451 dona maishiy gaz ballonlaridan 6.112 kg, “Uychi” gaz to‘ldirish stansiyasida 14634 dona ballondan 9.075 kg, “Yangiqo‘rg‘on” gaz to‘ldirish shaxobchasida 11096 donasida 9.409 kg va shartnoma asosida faoliyat yuritib kelayotgan “Muborak gaz invest” MCHJga qarashli To‘raqo‘rg‘on gaz to‘ldirish stansiyasida 17631 dona ballondan 9.9112 kg og‘ir qoldiq to‘kib, jami 50 812 dona gaz ballonlaridan 33.698 kg og‘ir qoldiqdan bo‘shatilib, 31.940 kg og‘ir qoldiq utilizasiya qilishga erishildi.