Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, aholi turmush tarzining yanada yaxshilanishida energiya resurslaridan unumli va oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali tomonidan iqtisodiyot korxonalari, ijtimoiy soha ob’yektlari va aholini uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda ilg‘or yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, tabiiy gaz ta’minotida raqamli texnologiyalarning tatbiq qilinishi va ikki bosqichli tizimga o‘tkazilishi tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish imkonini berayotir.
Xususan, Denov tumanidagi "Buyuk kelajak" mahallasida qurilayotgan 17 dan ortiq 16, 14, 12, 9 va 7 qavatli uy-joylar mavjud bo‘lib, ushbu aholi xonadonlariga ASKUG tizimida ishlovchi yangi elektron gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlandi. Xonadonlar bekalari bilan suhbatlashib, uylarga o‘rnatilgan tejamkor va xavfsiz uskunalar, gaz hidini sezuvchi, suv isitib beruvchi yangi jihozlarning afzalliklari bilan qiziqdik. Bugungi kunda tumanda 38 ta mahalla to'liq tabiiy gaz bilan ta'minlangan va barcha xonadonlarga elektron gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish ishlari to'liq yakunlangan.
O‘z navbatida Denov tumanida mavjud 602 ta, jumladan, 19 ta yuqori bosimli hamda ta o‘rta bosimli gaz taqsimlash shoxobchalari qisqartirilib, umumiy soni 22 taga tushirildi.
Tabiiy gaz tanqis hududlarda foydalanilmayotgan 2.9 km uzunlikdagi quvurlar demontaj qilinishi barobarida tuman markazidagi aholi xonadonlariga «zangori olov»ni yetkazib berishni yanada yaxshilash maqsadida 8 km uzunlikdagi quvurlar katta diametrlisiga almashtirildi. Shuningdek, 1.2 km uzunlikdagi yer osti gaz quvurlari rekonstruksiya qilinib, yer ustiga chiqarildi, — deydi "Denovtumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassisi Sh. Jabborov.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati