Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta'minot” AJ tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani aholisining muammolarini o‘rganish va ularni ijobiy hal qilish maqsadida “Shifokorlar” MFY hududida sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu sayyor qabulda Jamiyat masʼul xodimlari boshchiligida tumandagi tegishli boshqarma va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Jarayonda 20 nafarga yaqin fuqarolarning 30 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi va hal etish choralari ko‘rildi.
Sayyor qabulga har bir bir odam o‘zining muammosini ijobiy hal qilish umidida kelgan, albatta. Ammo ularning qilgan murojaatlarining ayrimlari joyida ijobiy hal etilsa, ayrimlari esa maʼlum muddat talab qiladigan masalalar. Yana bir guruh fuqarolarga esa murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar ham berildi. Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tomonidan joylarda sayyor qabullar davom etmoqda.