Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Sayhunobodtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan aholi xonadonlarini bir maromda suyultirilgan gaz bilan ta'minlash borasidagi ishlari davom etmoqda.
Yil boshidan hozirgi kunga kadar 696,510 kg fond miqdori tumandagi iste'molchilar uchun ajratilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ushbu ko‘rsatkich 688,980 kgni tashkil etmoqda.
"Sayhunobodtumangaz" gaz ta'minoti bo‘limiga maishiy gaz ballonlarni iste'molchilarga o'z vaqtida yetkazib berishi uchun 3 dona maxsus “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi hamda 6 ta ishchi xodim xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bundan tashqari har bir maishiy gaz ballonlarga maxsus yorliqlar (stiker) qo‘yilgan. Iste'molchi suyultirilgan gaz uchun to‘lovni esa to'liq ID karta orqali amalga oshiradi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati