Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Xatak qishlog’ida 300 ga yaqin gaz iste‘molchilari yashaydi. Qishloq uzun soy bo‘yi bo‘ylab 10 kmga cho‘zilib ketgan. Sababi 2 ta tog’ darasida joylashganligidur.
🔶 Misollarga yuzlansak, bugungi kunda 100 dan ortiq avtoulovlar orqali viloyatimizning iste’molchilariga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialiga qarashli 7 ta gaz tarqatish inshootlari vohamiz aholisiga xizmat qilmoqda. Ushbu gaz tarqatish inshootlari Qashqadaryoning Sho‘rtan gaz va Muborak gazni qayta ishlash zavodlaridan olib kelinishga ixtisoslashtirilgan.
⚡️ Tog‘li hududda yashaymiz markazdan ancha uzoq bo‘lganimiz uchun aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish, ularni qiynab kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish bilan bog‘liq muammolarning hal etilishi, odamlarning hayotga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda, turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati