Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Bektemirtumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 10 076 ta aholi xonadoni hamda 588 ta ulgurji iste’molchilarga 89 dona gaz maromlash punktlari orqali tabiiy gaz yetkazib beriladi. Tabiiy gazdagi yo’qotishlarning oldini olish, qolaversa, har bir xonadonga bir maromda gaz yetib borishiga erishish maqsadida gaz ta’minoti mutaxassilari ham bu masalaga jiddiy e’tibor qaratib, ikki bosqichli tizimga o’tkazmoqda.
Jumladan, tumandagi “Nurafshon” mahallasidagi 3 dona gaz taqsimlash qurilmasi demontaj qilib olinishi natijasida 160 ta xonadon ikki bosqichli tizimga o’tkazilgan. Joriy yil oxiriga qadar 8 dona gaz taqsimlash qurilmasi demontaj qilinib, 240 ta aholining gaz ta’minoti ikki bosqichli tizimga o‘tkazilishiga erishiladi.
Hozirda tumandagi 8 mingga yaqin aholi xonadonlariga zamonaviy hisoblagichlar o’rnatib bo’lindi. Bu borada belgilangan tartibda ishlar davom etmoqda. Hisobdonning yana bir qulay tomoni gazni bir maromda yetkazib berish xususiyatiga egadir. Natijada gaz taqsimlash qurilmalariga bo’lgan ehtiyoj o’z-o’zidan yo’qoladi.
2022-yilda Bektemir tumanida 6 km gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish, shuningdek 14 km gaz tarmoqlarni bo‘yoqlash reja-grafikka kiritilgan. Ayni kunda “Majnuntol”, “Oltin topgan” mahallalarida gaz tarmoqlarini bo‘yoqlash ishlari boshlab yuborildi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati