Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda soha xodimlari tomonidan joriy yilda aholiga tabiiy va suyultirilgan gazni yetkazib berishda qilinayotgan amaliy ishlar, vazifalar, mavjud muammolar hamda ularning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumot berildi.
Tadbirni kirish so’zi bilan ochib bergan gaz ta’minoti filiali direktori O’tkir Fayziyev viloyat aholisining farovonligini ta’minlash ta’minot xodimlarining asosiy vazifasi ekanligi hamda bu borada tizimli ishlarning o’z vaqtida olib borilayotganligi, yaratilayotgan imkoniyatlar xususida to’xtalib o’tdi.
Matbuot anjumani davomida joriy yilda mavsumga tayyorgarlik jarayonlari, aholini bir maromda suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, sifatli servis xizmat ko’rsatish, murojaatlarning o’z vaqtida hal etilayotganligi, tizimli ishlarning yo’lga qo’yilganligi soha vakillari tomonidan raqamlar misolida ko’rsatib o’tildi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari gaz ta’minoti filialidagi Vaziyatlar markazida bevosita amalga oshirilayotgan ishlarning to’g’ridan to’g’ri kuzatib borish imkoniyati yaratilganligi bilan tanishishdi hamda “Call markazida”gi soha xodimlarining tezkorligi, jarayonlarda aholiga o’z vaqtida javob berayotganlik holatlari bilan o’rtoqlashishdi.
Tadbir so’ngida jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga to’liq, batafsil javob berildi. Fikr-mulohazalar bildirildi. Aytilgan takliflar qo’llab-quvvatlandi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati