Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali tomonidan "Cho'lquvar" GTS dan tabiiy gaz iste'molchilari uchun yo'naltirilgan barcha gaz quvurlari va gaz taqsimlash qurilmalarida ta'mirlash va sozlash ishlari olib borildi. Natijada GTS dan foydalanuvchi barcha iste'molchilarga tabiiy gaz bir maromda uzluksiz va hech qanday tafovutlarsiz yetkazilishiga erishildi. Shundan so'ng ushbu GTS da ko'rgazmali seminar tashkil etilib, bunda tuman-shahar gaz ta'minoti bo'limining mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar to'g'risda filial rahbari tomonidan tavsiyalar berib o'tildi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati