Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan ulgurji iste’molchilarining gaz jihozlariga belgilangan rejaga asosan texnik va profilaktik xizmat ko’rsatilmoqda.
Birgina Shofirkon tumanida joriy yil hisobida 40 taga yaqin ulgurji iste’molchilariga xizmat ko’rsatildi. Ularga tegishli bo’lgan 150 taga yaqin gaz jihozlari texnik jihatdan soz holatga keltirildi. Shuningdek, ijtimoiy obyektlarda ham bu bilan bog’liq jarayonlar davom etmoqda. Isitish moslamalari texnik jihatdan ko’rikdan o’tkazilmoqda.
Ta’kidlash lozim, soha xodimlari tomonidan tumandagi 139 ta ulgurji iste’molchilarga hamda 81 ta ijtimoiy obyektlarning gaz jihozlariga xizmat ko’rsatilib, xavfsizlik ta’minlanmoqda.
Ma’lumot uchun: Viloyat bo’yicha umumiy hisobda 1600 taga yaqin ulgurjilarning 5683 ta gaz jihozlari texnik ko’rikdan o’tkazildi. May oyining dastlabki 18 kunligida esa 250 dan ortiq gaz jihozlari texnik jihatdan ta’mirlandi hamda iste’molchilarning xavfsizligi ta’minlandi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati