Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJ tizimida tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini rasmiylashtirishni tartibga solish masalalari bo‘yicha Jamiyat tasarrufidagi hududiy gaz ta'minoti filiallari hamda tuman/shahar gaz ta'minoti bo‘linmalari xodimlariga “Hududgaz Konsalting” MChJ tomonidan onlayn o‘quv seminari tashkillashtirildi.
Seminarda “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisining 2020-yil 28-oktyabrdagi 336-son buyrug‘i mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berish bilan birga mazkur buyruq hamda ilovalaridagi Yo‘riqnoma va Nizomlar, rasmiylashtiriladigan hujjatlarning tartiblari yuzasidan “Hududgazta’minot” AJ tabiiy gazni yuridik shaxslarga sotish boshqarmasi boshlig‘i T. Beknazarov, tabiiy gazni jismoniy shaxslarga sotish boshqarmasi boshlig‘i B.I. Vahobov va ShHB Bosh yuriskonsul'ti O.Narzievlar ma'ruza bilan qatnashdilar.
Ma'ruzachilar tomonidan “Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha Yo‘riqnoma”dan foydalanish, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzayotgan iste'molchilarni aniqlash va dalolatnomalarni rasmiylashtirish, ana shunday holatlarni hisob-kitob qilish tartibi, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari keng yoritib berildi.
ShHB Bosh yuriskonsul'ti O.Narziev o‘z navbatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarida iste'molchilardan undirilgan to‘lovlardan “Hududgazta'minot” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish masalalarini izohlab berdi.
352 nafar mas'ul xodim onlayn tarzda ishtirok etgan o‘quv mashg‘uloti so‘ngida o‘tilgan mavzular yuzasidan tinglovchilar bilan fikr almashinildi.