Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Iste’molchi “Shaharsozlik normalari va qoidalari”ga asosan gaz asboblaridan chiqadigan mo’ri kanallarining o’rnatilishiga e’tibor qaratishi kerak.
- kamida 0,5 m tom cho’qqisidan balandda joylashganda tom cho’qqisidan ko’pi bilan 1,5 m uzoqlikda bo’lganida;
- tom cho’qqisi yoki tom qoplamasi parapeti bilan bir xil sathda, agar ular tom cho’qqisi yoki tom qoplamasi parapetidan 3 metrgacha uzoqlikda joylashganida;
- quvurlar tom cho’qqisidan 3 metrdan ko’proq masofada joylashganida tom cho’qqisidan gorizontga 10°burchak ostidan o’tkazilgan to’g’ri chiziqdan past bo’lmaganda;
- agar kanal yaqinida balandroq binoning qismi, imorat yoki daraxt joylashgan bo’lsa, shamol to’sig’i zonasi chegarasidan kamida 0,5 m yuqoriga chiqarilishi kerak.
Barcha hollarda quvurning balandligi tom qoplamasining shunga yaqin qismidan kamida 0,5 m balandda, yassi tom qoplamali uylarda esa kamida 2 m bo’lishi zarur. G’ishtli kanallar og’zini sementli rastvor qatlami bilan 0,2 m balandlikda atmosfera yog’in-sochinlaridan himoyalash kerak. Shamol tezligi yuqori bo’lgan joylarda mo’ri quvurini shamoldan himoyalash qalpoqlari bilan yopish kerak.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati