Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan “Hududgaz Andijong” gaz ta'minoti filiali va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan sohada faoliyat ko‘rsatib, ish joyida jarohat olgan mutaxassislar yoki vafot etgan ishchi-xodimlarning oilalaridan xabar olindi.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan yo‘qlangan xizmatchilar va ularning oilalari suhbatlar davomida minnatdorliklarini izhor etishib, duoga qo‘l ochdilar.
Xavfsizlik madaniyatini yaratish va targ‘ib qilish, ish joylarida har yili o‘lim holatlarini kamaytirish, ushbu muammolarga jahon hamjamiyati e'tiborini jalb qilish maqsadida Xalqaro mehnat tashkiloti, XMT (International Labour Organization, ILO) "28-aprel kunini Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" deb e'lon qilgan. Ushbu kun birinchi marta 2003-yilda nishonlangan.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati