Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Hashar – xalqimizning azaliy an'analaridan bo‘lib, umumjamoaviy masalalarni hal qilish, ya'ni, mahalla-ko‘yning ozodaligini ta'minlash, qariyalar, yordamga muhtojlar, bemorlar holidan xabar olib turish hamda yordam ko‘rsatish, yetimlarning boshini silash kabi xayrli ezgu amallarni o‘zida ifoda etadi.
Bugun yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan "Mahalla obodligi — yurt farovonligi" shiori ostidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Erta tongdan barcha xodimlar hamjihatlikda obodonlik ishlariga kirishdi. Jamiyat ayollari xonalar va hovlilarda supur-sidir ishlari, chang artish, va boshqa ayollarga xos yumushlarni bajarishga kirishib ketganlar. Erkaklar esa qo‘llariga ketmon va belkuraklar olishib, jamiyat bog‘i hamda ariq bo‘ylarini chopishmoqda.
– Жамиятимизда соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламларини қўллаб-қувватлаш мақсадида ўтказилаётган ушбу ҳашар аҳиллик, ҳамжиҳатлик билан ўтмоқда, – дейди Жамият бошланғич касаба уюшма қўмитаси раиси Гулчеҳрахон Маматхўжаева. – Ҳашар доирасида кўча ва ҳудудимиздаги ариқларни тозаладик. Барчамиз уюшқоқлик билан ҳашарни ўтказишга ҳаракат қилмоқдамиз.
Умумухалқ хайрия ҳашари Жамиятнинг барча шаҳар-туман филиаллари ва газ тўлдириш шохобчаларида уюшқоқлик билан давом этмоқда.
“Ҳудудгаз Андижон” газ таъминоти филиали матбуот хизмати