Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan “9 may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab soha xodimlari orasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Unda shahar/tuman gaz ta'minoti bo‘limlarining vakillari millionlar o‘yinida g‘oliblik uchun kurashdilar.
Futbolni gaz sohasi xodimlarini orasida sevmaydiganlar uchramaydi hisobi. Bayram turniridi ham 18 ta jamoa g‘oliblik uchun maydonda kuch sinashdilar. Shu kuni maydonda hamma narsani ko‘rish mumkin edi. Hayajonli qiyqiriqlar, jozibador gollar, g‘oliblarning quvonchiyu hamda har bir golni xuddi yulduzlardek nishonlanishi. Yakunga ko‘ra, “Xo‘jaobodtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi yigitlari penal'tilar seriyasiga ko‘ra “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali jamoasini 5:4 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdilar. Uchinchi o‘rin esa, “Andijonshaharagaz” gaz ta'minoti bo‘limi jamoasiga nasib etdi.
Barcha g‘olib va sovrindorlar Filialning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati