Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Aqlli" hisoblagich o‘rnatilsa, ortiqcha sarf yoki qazdorlik bo‘lmaydi, sababi, hisoblagichda alohida sim-karta o‘rnatilgan bo‘lib, iste’molchi hisob raqamida to‘lov mablag‘i kam qolganda uning telefoniga ogohlantiruvchi SMS xabar keladi. To‘lov amalga oshirilmagach, tizim avtomat tarzda o‘chadi. Yana bir afzalligi, faqat ish kunlari tizim o‘chiriladi, haroratga qarab gaz o‘tkazadi, o'n yilda bir marta qiyoslov ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Muhimi, ma’lumotlar 90 kun mobaynida saqlanadi, elektron tizim bo‘lgani bois, foydalanilgan gaz hisobini ortga qaytarib bo‘lmaydi, mabodo qurilmaga teginilsa, tizim avtomat ravishda o‘chiriladi. Bu o‘z-o‘zidan tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi. Hisoblagichni xavfsiz saqlash uchun alohida quti ham o‘rnatilyapti.
O‘rnatilayotgan qurilma iste’molchilar sarsongarchiligining oldini oladi. Ya’ni, foydalanilgan gaz to‘lovini amalga oshirish uchun gaz idorasiga borishga hojat yo‘q. Elektron o‘tkazmalar orqali mablag‘ni uyda turib amalga oshirish mumkin. Bepul o‘rnatilayotgan elektron gaz hisoblagichlar shu yil to'liq viloyatimizdagi tabiiy gaz iste'molchilariga o‘rnatilishi belgilangan.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matuot xizmati