Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, mavjud gaz uskunalarining texnik sozligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu tartib-qoidalarga amal qilmaslik, gaz ta’minotida foydalaniladigan turli jihozlar –gaz plitalari, isitish qozonlarining nosozligi yoki ulardan oqilona foydalanmaslik aksariyat xollarda turli ko’ngilsizliklarga sabab bo’lishi mumkin. Bunday xolatlarning oldini olish maqsadida “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialining hududlardagi gaz ta’minoti bo’limlarining servis xizmatini ko’rsatish xizmati chilangarlari aholi xonadonlarida bo’lib gaz jixozlari sozligini doimiy nazorat qilishadi. Bu esa iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash barobarida aholiga ko’rsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirishga zamin yaratadi.
“Bog’ottumangaz” gaz ta'minoti bo'limi tomonidan ham 2021 yil tumanda mavjud tabiiy gaz tarmog'iga ulangan 13436 ta aholi xonadonlarining qariyb 82 foiz xonadonlari gaz jihozlari xatlovdan otkazilib, texnik taftish davomida aniqlangan nosozliklar o'z vaqtida to'liq bartaraf qilindi. Texnik ko’rikdan o’tkazish natijasida isitish va suv isitish qozonlariga o’rnatilgan gorelkalarning 5228 tasi nostandart ekanligi aniqlanib, 1071 nafar iste’molchilarga standart zamonaviy gaz jihozlari o’rnatilishi ta’minlandi.
Joriy yil yanvar oyida “Bog’ottumangaz” gaz ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan ishlar jadallik bilan davom etib tumandagi 21 nafar iste’molchilar xonadonlariga zamonaviy gaz jihozlari o’rnatilishi ta’minlandi.
Aholi xonadonlaridagi gaz jihozlariga texnik va profilaktik xizmat ko’rsatish davomida noxush vaziyatlarning oldini olish, gaz jihozlaridan to’g’ri foydalanish, ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirish zarurligi borasida ko’rsatmalar berilib, tabiiy gazdan samarali foydalanish bo’yicha targ’ibot va tashviqot ishlari o’tkazilmoqda. .
“Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.