Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Sogʼlom turmush tarzi - farovon hayot kelajagi “Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali ishchi xodimlari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishga jalb etish maqsadida “Sogʼlom turmush tarzi - farovon hayot kelajagi” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.
- Ishchi xodimlarning jismoniy rivojlanishi orqali mehnat unumdorligi va samarali ish faoliyatiga erishiladi, deydi, -“Hududgaz Xorazm” GTF direktori Sh. Sabirov. Xodimlari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va salomatligini mustahkamlash, soha xodimlari oʼrtasida oʼzaro doʼstona muhitni yaratish va ularni doimiy ravishda sportga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Filial kasaba uyushmasi tomonidan dam olish kunlari “Hududgaz Xorazm” GTF va tuman hamda shaharlar gaz ta’minoti bo’limlari xodimlari oʼrtasida tashkillashtirilgan musobaqada 16 ta jamoalar faol ishtirok etib, final bosqichida saralangan 4 jamoa oʼzaro bahs olib bordi.
“Hududgaz Xorazm” GTF xodimlari 1-o’rin, Xonqa tumani jamoasi 2-o’rin va Xiva shahar jamoasiga 3-o’rin nasib etdi. Gʼolib va sovrindorlar medal va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.
Taʼkidlash lozimki, bunday musobaqalarni oʼtkazishdan koʼzlangan maqsad xodimlar orasida sportni ommalashtirish va sogʼlom turmush tarzini targʼib qilishdan iboratdir.
Xalqimizda sogʼ tanda sogʼlom aql, degan gap bejizga aytilmagan.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati