Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda Xorazm viloyati Hazorasp tumanining 28 ta mahallasidagi 15230 ta aholi xonadonlari va 14 ta ijtimoiy soha obʼektlari suyultirilgan gazdan foydalanib kelmoqda.
Xususan, tumanining Shoduhurram mahallasida 640 ta aholi isteʼmolchilariga suyultirilgan gaz ballonlari belgilangan muddatda, 4 ta mahsus jihozlangan “ISUZU” avtotransportlari orqali xonadonma-xonadon aylanma usulda yetkazib berilmoqda.
Hazorasp tumani aholisiga joriy yil yanvar-fevral oylarida 468,92 tonna, shu jumladan Shoduhurram mahallasiga 22,20 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati