Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Yashil makon” umummilliy loyihasi - keng ko’lamli tashabbusning amalga oshirilishida “Buxoroshahargaz” gaz ta’minoti bo’limining xodimlari ham o’z hissalarini qo’shishdi. Ko’chat ekish, atrofni obodonlashtirish barchani ahil jamoa bo’lib mehnat qilishga undaydi. Daraxtlar ham barcha tirik mavjudodlar kabi oʻziga xos quvvat manbaiga ega. Shu bois, ota-bobolarimiz daraxtning soyasi jonga, mevasi tanga darmon, deya eʼzozlaydi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi ham ezgu qadriyatlarimiz davomiyligini taʼminlovchi muhim omil boʻlmoqda.
Shahar gaz ta’minoti bo’limi xodimlari an’anani davom ettirib, shahardagi “Ahmad Donish” mahallasidagi bog’da 100 tup manzarali va 150 tupga yaqin mevali daraxt ko’chatlarini ekib, yashil hudud barpo etishdi.
Maqsad tabiatda yashillikni ko‘paytirish, ob-havoning tozaligi, iqlim moʻtadilligini saqlash, bog‘dorchilik mahsulotlarining mo‘lligini ta’minlashga hissa qo‘shishdir.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati