Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi suyultirilgan gaz iste’molchilarining gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida soha mutaxassislari tomonidan amaliy ishlar samaradorligiga e’tibor qaratib kelinmoqda. Qayd etish lozim, iste’molchi o‘ziga berilgan maishiy gaz balloniga e’tiborli bo‘lishi kerak ekan, bu borada esa tizim vakillari tomonidan tushuntirishlar olib borilmoqda. Shuningdek, har bir maishiy gaz ballonida sinov muddatlarining ko'rsatilishi ham ularning xavfsizligini ta’minlovchi asosiy omillardan ekanligi ta’kidlanmoqda.
Qayd etish lozim, “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali hisobida 181572 dona maishiy gaz balloni mavjud bo‘lib, ular 2013-2018 yillar mobaynida xarid qilingan. Iste’molchilarga vaqtincha foydalanish uchun shartnoma asosida tarqatilgan.
Aksariyat maishiy gaz ballonlarining navbatdagi sinovdan o‘tkazilishi 2022-yilda rejalashtirilgan bo’lib, bu borada amaliy ishlar gaz ta’minoti filiali tomonidan boshlab yuborildi. Buxoro tumani va Vobkent gaz to’ldirish shoxobchasida maishiy gaz ballonlarini ta’mirlash hamda sinovdan o’tkazish sexi o’z faoliyatini boshlagan bo’lib, kun davomida gaz ballonlarining barchasi sinovdan o’tkazilmoqda.
Ta’kidlash lozim, ushbu sexlar joylarda iste’molchilarning maishiy gaz ballonlaridan foydalanishda xavfsizligini ta’minlash, ularga ajratilgan suyultirilgan gazni to’liq hajmda, yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda yetkazib berish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, chilangarlar tomonidan amaliy ishlar tezkorlik bilan, o’z vaqtida samarali olib borilmoqda. Kuniga 250-280 dona maishiy gaz ballonlari sinovdan o’tkazilib, muddati muhrlanib berilmoqda. Bugunga qadar viloyat bo’yicha jami 14 976 ta gaz ballonlari sinovdan o’tkazildi.
Eslatib o'tamiz, maishiy gaz ballonlari har besh yil davomida sinovdan o’tkazilishi hamda mavjud muammo bo’lsa ta’mirlanishi lozim. Soha vakillari aynan xavfsizlik masalalariga e’tibor bergan holda sexlarda gaz ballonlarini sinovdan o’tkazib, muddatini qayd etib, xavfsiz yetkazib berilishini ta’minlashmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati