Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimiz hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida oʻrni bor.
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida “Jarqo'g'ron” kichik sanoat zonasi hududiga gaz quvurlarni tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jarqo'rg'on tumaning "Istiqlol" mahallasida barbo etilayotgan kichik sanoat zonasi hududiga 1 kmdan ortiq gaz quvurlari tortildi.
Ma'lumot o'rnida: Filial hamda uning tasarrufidagi tuman va shahar gaz ta'minoti bo'limlari tomonidan gaz maromlash punktlari va gaz quvurlarining ta’mirlanishi, yangi gaz quvurlarining qurilishi borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli amaliy ishlar sohada mavjud muammolarni vaqti bilan bartaraf etilishida ko‘maklashadi.
Albatta, har bir muammo vaqtida hal etilsa shubhasiz, boshqa bir qator kamchliklarning oldi olingan bo‘ladi. Buning uchun esa faqat e’tibor va mas’uliyat bo‘lsa bas!
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati