Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Hurmatli iste’molchi, siz elektron gaz hisoblagich uskunasidan foydalanyapsizmi?
Unda quyidagilarni eslab qoling:
- Hisoblagichingiz yangisiga almashtirilganda shaxsiy hisob raqamingizdagi mablag‘lar saqlanib qoladi.
- Kassaga kelishingiz hamda navbatlarda turib vaqtingizni behuda sarflashingiz shart emas. To‘lovni bevosita “Apelsin”, “Payme”, “Oson”, “Maroqand”, “UPay” mobil ilovalari orqali to‘lash imkoniyatiga egasiz.
- To‘lovni o‘z vaqtida to‘lang. O‘z vaqtida amalga oshirilmagan to‘lov natijasida qarzdorlik yuzaga kelishi mumkin. Gaz hisoblagich esa avtomatik tarzda o‘chib qoladi.
Tabiiy gaz ta’minotini qaytadan boshlash uchun to‘lovni amalga oshirish va hisoblash asbobi blokirovka bo‘lib qolishining oldini olish maqsadida o‘lchagichni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini oʻchirib qoʻyish lozim.
Koʻk rangli “Enter” tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi ta’minotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri yoqilganligi sababli “aqlli” hisoblagich blokirovka boʻlib qolganda 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qiling. Call-markazi operatori hisoblagichingizni ulashda yordam beradi.
Shuning uchun har bir foydalanuvchi zamonaviy hisoblagichni o‘rnatganda hamda undan foydalanganda qo‘yiladigan talablarga rioya etishi shart.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati