Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Muzrabot tumanning eng olis hududlaridan biri "Fayziobod" mahallasi cho‘l, qir adirlar, biyday kengliklar bag‘ridagi ushbu hudud bugun haqiqiy javohirga aylangan. Bunga aholining mehnatkashligi, ishbilarmonligi sabab bo‘lsa, ne ajab.
Tuman aholisining farovon hayotida boshqa tarmoqlar qatori gaz ta’minoti sohasi xodimlarining ham munosib hissasi bor.
Muzrabot tumanining o‘zida ayni kunda suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadigan 31171 nafar iste’molchi mavjud. Ularga 7 ta maxsus maishiy gaz ballon tashiydigan avtotransport vositasi orqali mahsulot yetkaziladi.
Tumanning eng olis hududlaridan biri "Fayziobod" mahallasidir. Mahallada 826 nafar iste’molchi mavjud bo‘lib, to‘liq suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati