Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, barcha tumanlarda targ’ibot-tashviqot ishlari keng miqyosda olib borilmoqda. Natijada, bugungi kunda zamonaviy, energiya tejamkor gaz uskunalariga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Yurtimizga innovatsion texnologiyalar kirib kelmoqda. Xususan, tejamkor gaz uskunalar o’zimizda ham ishlab chiqarilmoqda. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi mutaxassisi shunday deydi:
- 5 oy davomida 85 dan ortiq zamonaviy, energiya tejamkor yondirgichlar hamda 238 dan ortiq zamonaviy suv isitish qozonlari belgilangan tartibda iste’molchilar xonadoniga o’rnatildi. Mahallalarda targ`ibot tadbirlari olib borildi, xonadonma–xonadon yurib, tejamkor gaz uskunalarining iste`molchilar uchun qulayliklari haqida batafsil tushunchalar berildi. Bu tushuntirish ishlarimizdan keyin, tuman gaz ta`minotiga iste`molchilarning o`zlari murojaat qilishmoqda. Xarid qilgan tejamkor gaz uskunalarini o`rnatib berishimizni so`rab. Bu albatta quvonarli hol. O`ylaymanki, har bir mutaxassis iste`molchiga batafsil tushuntirgan holda ish olib borsa, noqulay vaziyat yuzaga kelmaydi. Eng muhimi, u xavfsiz bo‘lib, bosim pasayib ko‘tarilishi oqibatida gaz uzatish tarmoqlarida uzilishlar bo‘lganda, avtomatik tarzda o‘chib, gaz o‘tkazishni to‘xtatadi va iste’molchi yoqqandagina qayta yonadi. Zamonaviy energiya tejovchi yondirgichlar, qish oylarida kun davomida qozonxonalari doimiy yonib turadigan fuqarolarning xotirjam ishga borib kelishi, kechalari bamaylixotir uxlashlari uchun eng kerakli uskuna hisoblanib, gazdan xavfsiz foydalanish imkonini beradi. Energiya tejamkor gaz uskunalarini o’rnatish orqali iste’molchi 30–40 foiz gaz hajmini tejaydi va ortiqcha sarf-xarajatdan xalos bo`ladi,-deydi Qudrat aka.
Hozirda iste’molchilar orasida targ’ibot ishlari olib borilishi natijasida eskirgan gaz uskunalarini zamonaviy energiya tejamkor gaz uskunalariga almashtirishga bo’lgan ishtiyoq yanada ortib bormoqda.
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati