Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Sardobatumangaz” gaz ta'minoti bo‘limining gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash qurilmalarining holati va ishlashini nazorat qilish bo‘limida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
“Sardobatumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tasarrufida jami 89.4 km foydalanishda bo‘lgan gaz quvurlari mavjud bo‘lib, aholi bir me'yorda tabiiy gaz bilan ta'minlanib kelmoqda.
Joriy yilning 1-choragida 6.8 km yer osti va yer usti gaz quvurlarini maxsus asboblar yordamida texnik holati xodimlar tomonidan o‘rganildi va 4 km gaz quvuri bosim ostida tekshirildi. Shuningdek, 700 metrdagi gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirilib, bo‘yoqlash ishlari amalga oshirildi.
Sardoba tumani hududida aholiga bir me'yorda tabiiy gazni taqsimlab beruvchi jami 30 dona gaz taqsimlash qurilmalari mavjud bo‘lib, shundan 1 dona gaz taqsimlash qurilmasi mekammal ta'mirlandi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati