Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Gulistontumangaz” gaz ta’minoti bo’limida bugungi kunda 11910 ta suyultirilgan gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilar mavjud. Ayni shu boisdan ham “zangori olov” kirib bormagan xonadonlarni ikkilamchi yonilgʻi bilan taʼminlash ustuvor yoʻnalishdir.
Bu borada tumandagi MFY larda “Gulistontumangaz” gaz taʼminoti bo'limi tomonidan “Mahallabay” boʻyicha ishlash mexanizmi joriy etilib, bunda har bir mahalla koʻchalarini kunlik suyultirilgan gaz bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Xususan, 2023 yil 25 aprel kuni 2 ta MFYdagi suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga jami 330 баллон 6600 kilogram suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Aholining kundalik isteʼmol ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar suyultirilgan gaz tizimi ishchi-xodimlari tomonidan izchil davom ettirilmoqda.
Shuningdek, “Gulistontumangaz” gaz ta’minoti bo’limiga joriy yil boshidan shu bugunga qadar 141 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 82 tasi virtual qabul xonasidan, 7 tasi yozma, 34 tasi sayyor qabul hamda 18 tasi ogʻzaki murojaatlardan iborat.
Yil boshidan shu bugungi kunga qadar isteʼmolchilardan tushgan 141 ta murojaatlarning 103 tasi ijobiy xal qilingan, 38 tasiga tushuntirish berilgan.
Shundan 29 tasi suyultirilgan gaz taʼminoti va maishiy gaz ballon bilan taʼminlash masalasi boʻlib, 25 tasi ijobiy, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.