Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e'zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Binobarin, xotira bu – unutmaslik, deganidir. Sohibqiron Amir Temur ham so‘zini “Bizkim...” deya o‘z Vatanini, xalqini, ajdodlarimiz hurmatini bajo etish bilan boshlagan. O‘z navbatida, Mirzo Ulug‘bek, shoir va sarkarda Bobur hamda shoirlar sultoni Alisher Navoiy ham ajdodlar ruhiga munosib, buyuk ishlarning davomchisi bo‘lishga intilganlar. Shuning bilan birga xotira – tiriklik chashmasidir. 9 may - Xotira va qadrlash kuni oldidan "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi tomonidan gaz ta'minotida ishlayotgan va nafaqaga chiqqan afg‘on urushi qatnashchilariga ehtirom ko‘rsatildi.
- Xotirani asrash, ehtiyot qilish – bu bizning o‘zimiz va avlodlar oldidagi ahloqiy burchimizdir. Xotira – bizning boyligimizdir, - dedi Filial rahbari o‘rinbosari Dilshod Dushabayevich. Bugungi nishonalanayotgan bayram shunday kunki, u shu yurtda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi xonadon uchun bevosita daxldor. Bizning gaz ta'minotimizda ham 3 nafar afg‘on urushi qatnashchilari bor. Men Sizlarga o‘zimning cheksiz minnatdorchiligini bildiraman.
hundan so‘ng, filial Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi raisi ham fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 78 yilligini nishonlash munosabati bilan afg‘on urushi qatnashchilarini samimiy tabrikladi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tadbirdan so‘ng, motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yilib, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jonini fido qilganlar xotirasi yodga olindi. Shu bilan birga, Afg'on uruishi qatnashchilari Sirdaryoda o'tkazilayotgan xalq og‘zaki ijodiyotining sarchashmasi bo‘lgan baxshichilik bayramiga ham bordi.
- Taassurotlar bir olam. Har yili filial rahbariyati va Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi tomonidan bizga e'tibor ko‘rsatiladi. Bu yil ham o‘zgacha bo‘ldi. Oilam, o‘zim nomimdan ehtirom uchun minnatdorchilik bildiraman, deydi, - Abduhakim Abdurasulov.
Barchamizga Xotira va qadr go'zal odat, ezgu an'ana, boqiylik mezoni bo'lib salanib qolsin.