Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Korrupsiya botqogʻiga botgan amaldorlar jamiyat taraqqiyotiga gʻov boʻlib, umri xalqqa xiyonat qilish, yosh avlod ongini zaharlash bilan oʻtishini endi keng jamoatchilik yaxshi tushunadi. Bu illatga qarshi kurash – toza vijdonli, oriyatli ziyolilarning qalb amriga aylanmogʻi lozim. “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida boʻlib oʻtgan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzudagi yig’lish tinglovchilarni yanada teran fikrlashga undadi.
Unda so’zga chiqqanlar filial xodimlarini dunyoqarashini munosib ravishda shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirib borish qanchalik muhim ekanligini alohida taʼkidlashdi. Buning uchun eng avvalo Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunini teran nigoh bilan oʻqib-oʻrganish zarurligi haqida atroflicha soʻz yuritdi.
“Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi” mavzusida o‘tkazilgan mazkur tadbirda filial rahbariyati va ishchi-xodimlar qatnashishdi. Unda so‘z olganlar tomonidan “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish, uni barvaqt aniqlash hamda oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidlandi.
Xususan, xodimlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish uchun “halollikni rahbatlantirish” tizimi joriy etilayotgani, korrupsiyani keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani aytib o‘tildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim o‘rin tutishi haqida so‘z bordi.
Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, har bir ishchi-xodim ham “halollik vaksinasi” bilan emlangan bo‘lishi kerak. Bu esa kishida kasbga sodiqlik, masʼuliyat va halollik fazilatlari ustuvor bo‘lishini taqozo etadi. Shundagina davlat taraqqiyoti kushandasi bo‘lgan korrupsiya illatiga barham bera olamiz. Tadbirda ushbu global illat oldini olishda filial va shahar, tumangaz bo‘limlari xodimlari orasida mavzuga oid tez-tez targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib turish maqsadga muvofiqligi aytildi.
“Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati