Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun har bir oilaning kundalik turmush tarzida tabiiy resurslarga, ayniqsa gaz mahsulotlariga boʼlgan talab kun sayin oshib bormoqda. Tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlarni oʼz vaqtida yetkazish hamda ularga tizimdagi yangiliklar haqida keng maʼlumot berish ishlari joylarda davom etmoqda.
Jizzaxning chegara hududi Yangiobodda ham bu ishlar koʼzga tashlanmoqda. Tumanda 3 420 nafar isteʼmolchi xonadoniga 135,7 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan edi. Аholining suyultirilgan gaz mahsulotlariga ortgan talabini oʼz vaqtida qondirish maqsadida rejadagidan koʼproq yaʼni, amalda 147,2 tonna yetkazib berildi.
“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati