Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Yangiobod tumangaz" gaz taʼminoti boʼlimi xodimlari tomonidan 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish ishlari boshlangan. Bu yil 1 dona gaz taqsimlash punktlarini mukammal taʼmirlash, 151 dona gaz taqsimlash punktlarini texnik taftishdan oʼtkazish, 7,0 km gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash, 15,0 km yer osti gaz quvurlarini maxsus pribor yordamida holatini tekshirish, 2,5 km gaz quvurlarini estetik jihatdan tartibga keltirish rejalashtirilgan.
Ushbu ishlarni amalga oshirishdan maqsad esa olis va chegara hududlardagi isteʼmolchilarga beminnat xizmat koʼrsatib, aholini gaz mahsulotlari bilan oʼz vaqtida bir meʼyorda taʼminlash, hamyurtlarimizning roziligiga erishishdir.
“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati