Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
💥💥💥 Iste’molchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylarda is gazining oldini olish hamda gaz jihozlaridan to’g’ri foydalanish to’g’risida targ’ibotlar davom etmoqda. Jumladan, xonadonlarda gazasignalizatorlar o’rnatilib, uning imkoniyatlari hamda xavfsizligi borasida tushuntirishlar berilmoqda.
⚡️⚡️⚡️ Buxoro shahridagi 2830 ta xonadonda gazasignalizatorlar o’rnatildi. Xususan, “Mahmud Tarobiy” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi iste’molchilar bugun ushbu qurilmaning imkoniyatlaridan foydalanib kelmoqda.
70 yoshli onaxon Muattar Sodiqova bu haqida quyidagilarni bildirib o’tdi: 🎙 “Gaz jihozlarimiz bilan bog’liq muammo bo’lsa vaqtida kelib, to’g’rilab ketishadi. Mana, yangi hisoblagichlar qo’yildi. Xavfsizligimizni o’ylab ajoyib qurilmalardan o’rnatib ketishdi. Is gazi chiqsa avtomatik ishlab, bizni xabardor qiladi, juda qulay qurilma ekan”.
✍️ “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati