Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali xodimlarining farzandlari yozgi taʼtil kunlarini Forish tumaninidagi “Zangori olov” bolalar oromgohida maroqli oʼtkazishmoqda. Oromgohda 141 nafar bolajonlarning miriqib dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan boʼlib, ularning boʼsh vaqtlarini yanada mazmuni oʼtkazish uchun turli xil tadbirlar, uchrashuvlar ham tashkil etilmoqda. Navbatdagi tadbir yaʼni “Uch avlod” uchrashuvi ham bolajonlar uchun koʼplab foydali maʼlumotlarga boy boʼldi.
"Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali boshlangʼich kasaba uyushmasi tashkiloti tashabbusi bilan oʼtgan tadbirga bugungi kunda tizimda halol mehnat qilib kelayotgan bir guruh baynalminal jangchilar taklif etildi.
Ular tadbir davomida bolajonlar uchun yaratilgan shart – sharoitlar bilan tanishib, davra suhbatlarini tashkil etishdi. Tadbirda soʼz olgan baynalminal jangchilar bugun mamlakmtizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, bu sharoitlardan samarali foydalanish lozimligini taʼkidlab oʼtishdi. Bolalar oromgohda maroqli dam olganlaridan soʼng yangi oʼquv yilini yaxshi kayfiyatda boshlab, bilim olib, davlatimiz ravnaqi uchun yetuk kadrlar boʼlib yetishishlariga tilak bildirildi.
Tadbir davomida “Zangori olov” bolalar oromgohida dam oluvchilar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish yoʼlida halol mehnat qilib kelayotgan bir guruh ishchi xizmatchilar “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti” filiali kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlanishdi.
Tadbirda bugungi osoyishta, tinch hayotning qadriga yetish kerakligi taʼkidlandi. Sababi yurt tinchligi – ulugʼ neʼmat, barqaror taraqqiyot garovidir. Zotan, tinchlik va barqarorlik hukmron boʼlgan yurtdagina ilm-fantaraqqiy etadi,obodlik va bunyodkorlik ishlari rivoj topadi.
"Hududgaz Jizzax" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati