Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholi xonadonlaridagi gaz tarmoqlarini soz holatda saqlash va ularni o‘z vaqtida ta’mirlash-tiklash, ruxsatsiz ulanishlarni aniqlash gaz ta’minoti tashkiloti xodimlarining asosiy vazifasi va majburiyatlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvarda qabul qilingan “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori esa bu boradagi ishlarni huquqiy jihatdan yanada mustahkamladi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan ham samarali ishlar olib borilmoqda.
Yaqinda filialning mas’ul xodimlari bilan birgalikda Termiz tumanida bu borada olib borilayotgan tizimli ishlar bilan yaqindan tanishish hamda aholi fikrini o‘rganish maqsadida ushbu hududlardagi xonadonlarda bo‘lishdi.
Aytish kerak, me’yoriy hujjatlarda texnik taftishdan o‘tkazish va ularga profilaktik xizmat ko‘rsatishning muddatlari belgilangan. Unga ko‘ra, ko‘p qavatli turar-joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz priborlari mavjud bo‘lmaganda – ikki yilda bir marta, hovli uylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlari – yilda bir marta, profilaktik xizmat ko‘rsatish har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Natijada tabiiy gazning sizib chiqish holatlari, havo va gaz aralashmasining belgilangan me’yorda yonishi ta’minlanadi.
Termiz tumanida ayni kunda 33 dan ortiq mahalla mavjud bo‘lib, 86 040 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shundan 12 ta maxalla 7 840 ta xonadon tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan, 21 ta maxalla 2 1060 ta xonadon suyultirilgan gaz ta’minotidan foydalanib kelmoqda Xonadonlar to‘liq gaz ta’minoti bilan ta’minlangan ulangan gaz uskunalarida belgilangan muddatlarda yoz mavsumida, hovli turar-joylari esa kuz-qish mavsumlarida ko‘rik tashkil etilyapti.
Ko‘p qavatli turar-joylarda 320 ta xonadon mavjud, 28580 mingdan ortiq xonadonni hovli turar-joylari tashkil etadi, - deydi Termiz tuman gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassisi Mamatov Bahrom . - Bundan tashqari, bir yilda uch marta profilaktik tadbirlar tashkil etilib, xonadon egalariga gaz jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Aholiga xonadonlariga xizmat ko‘rsatishga 174 ta ulgurji iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish uchun esa 1 nafar xodim biriktirilgan.
“Namuna ” mahallasi Gulzor ko‘chasidagi 97 xonadon bekasi Sora Fayziyeva tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlaridan minnatdor.
– Televideniya va ijtimoiy tarmoqlar orqali is gazidan zaharlanish yoki yong‘in holatlari haqida eshitganimizda xavotirga tushamiz, - deydi u. – Gaz ta’minoti xodimlari esa bunday noxush holatlarning oldini olish, buning uchun ogohlikka rioya qilish, hushyorlikni oshirish zarurligini tushuntirishadi. Bundan tashqari, gaz jihozlarimizning xavfsizligini doimiy nazorat qilib turishadi.
Filialning Termiz tumangaz bo‘limi “kommunal-maishiy ob’yektlar va aholi gaz jihozlarini ta’mirlash hamda ekspluatasiyasi bo‘yicha xizmati” xodimlari ham o‘zlariga biriktirilgan hududlarda xonadonma-xonadon yurib, muntazam ravishda axoliga targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib boradi hamda gaz tarmoqlarining texnik holatini ko‘zdan kechirmoqdalar.
Tumanning “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inida 282 ta xonadon mavjud bo‘lib, ular tabiiy gaz ta’minotiga ulangan. Aholi xonadonlaridagi gaz uskunalari belgilangan muddatlarda, grafik-reja asosida texnik ko‘rikdan o‘tkazib kelinyapti.
– Bir kunda o‘rtacha 7-8 ta xonadondagi gaz uskunalarini ko‘zdan kechiramiz, - deydi Termiz tumangaz bo‘limi chilangari Shaydullayev Yokibjon - Shu bilan birga iste’molchilarga xonadonda o‘rnatilgan gaz priborlaridan xavfsiz foydalanish, gaz uskunalarini belgilangan muddatlarda texnik taftishdan o‘tkazish va profilaktik xizmat ko‘rsatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nimadan iborat ekanligini tushuntiramiz.
Tumanning Namuna nomli mahallasida ham mas’ul xodimlar tomonidan muntazam ravishda ana shunday texnik-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Termiz tumangaz bo‘limi xodimlari gaz uskunalarimizni belgilangan muddatlarda ko‘rikdan o‘tkazib, zarur hollarda ta’mirlab, almashtirib berishadi, - deydi ushbu mahallaning Gulzor nomli ko‘chasida yashovchi fuqaro Gʻayroa Ortiqov. – Qolaversa, gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, is gazining oldini olish, noqonuniy ulanishlarning salbiy oqibatlari haqida ham har gal ogohlantirishadi. Bu xavfsizligimiz uchun juda muhim.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati