Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan ahlini suyultirilgan gaz bilan ta'minlashda gaz to'ldirish inshootlari alohida ahamiyatga ega. Ulardan biri "Yangiqo‘rg‘on gaz to‘ldirish shoxobchasi"dir.
Yangiqo'rg'on gaz to'ldirish shoxobchasida 19 nafar xodimlar faoliyat yuritib, mazkur shoxobcha viloyatimizning Yangiqo'rg'on, Kosonsoy hamda Chortoq tumani aholisini, ya'ni, 104797 nafar iste'molchilarini suyultirilgan gaz bilan ta'minlaydi.
Eng avvalo, ushbu shoxobchaga keltirilgan maishiy gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun esa shoxobchada maxsus sinovdan o‘tkazish va ta’mirlash sexi mavjud bo'lib, har bir maishiy gaz balloni nazorat qilinib, ana undan so'ng ularni suyultirilgan gaz bilan to'ldiriladi.
2021-2022-yillarda "Yangiqo‘rg‘on gaz to‘ldirish shoxobchasi"ni modernizatsiya qilish maqsadida avto sisternalarda keltirilgan suyultirilgan gazni o‘z vaqtida to‘kib olishda yetarli quvvatdagi 1 donadan nasos va kompressor o'rnatildi. Shuningdek, 8 dona zamonaviy gaz to'ldirish kolonkalarini o'rnatish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlardan so'ng shoxobchaning kunlik gaz to'ldirish quvvati 10-15 tonnaga oshirilib, bir kundagi ish hajmi o'rtacha 50 tonnani tashkil etmoqda. Bu esa aholining ehtiyojlarini o'z vaqtida qondirilishiga yana bitta asos bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati