Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyatidagi 437234 nafar suyultirilgan gaz isteʼmolchilarni bir maromda suyultirilgan gaz yetkazib berishda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda, “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filialining “Pop”, “Uychi”, “Yangiqo‘rg‘on” hamda “To‘raqo‘rg‘on” gaz to‘ldirish inshootlarida og‘ir qoldiq to‘kish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarga sifatli gaz yetkazib berish samarasini oshirish maqsadida filialning gaz to‘ldirish inshootlaridagi mavjud 5 ta og‘ir qoldiq to‘kib olish uskunasi bugunga kelib 16 taga yetkazildi.
Maʼlumot uchun, joriy yil boshidan "Xududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali tomonidan aholi isteʼmolchilariga sifatli suyultirilgan gaz yetkazib berish maqsadida 99 941 ta maishiy gaz ballonlaridan 60 896 kg og‘ir qoldiq fraksiyalari to‘kib olindi.