Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Qidiruv
info@hududgaz.uz 1104 (24/7)
("Hududgazta’minot" AJ tizimidagi xotin-qiz matbuot kotiblariga bag‘ishlanadi)
Axborot olami bu - katta maydon,Xalqni yangilikdan qilar xabardor.Dadillik, jur’at va shijoat bilanAna shu maydonda o‘z o‘rningiz bor.
Ayolsiz - mehnatda erkakdek kuchli,Qahraton, saraton to‘xtamaydi ish."Hududgaz" imidji siz uchun muhim,Maqsad bir - tizimni keng targ‘ib qilish.
"Ayolman", demaysiz, cho‘l, qir kezasiz,Zahmatin yoritay, deysiz gazchining.Yaxshi sozlab olib kamerangizni,Deysiz: "to‘g‘ri turing", "biroz jilmaying".
Ob’yektiv nigohi gaz tarmoqlarda,Suratga olinar karta, gaz ballon.Oila tashvishi, ish mas’uliyati,Bu sizga baxt, shodlik beradi har on.
Iste’molchi bilsin qulaylikni deb,Maqola yozasiz yig‘ib ma’lumot.Qatnaysiz erinmay "Tv", radiogaTezroq chiqsa, deysiz lavha, axborot.
Ba’zan blogerga berasiz izoh,Noxolis xabarlar bo‘lmasligi-chun.Gazchining mehnatin "yaxshi", deb aytish,E’tirof etmoqlik faxr siz uchun.
Siz nozik xilqatsiz, kibordan yiroq,Siz yaxshi hamkasbsiz, siz samimiy do‘st.Siz bor gaz sohasin taniydi hamma,Siz bor GAZCHI nomi bo‘lmaydi unut!
Zebo Qutliyeva