Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mustaqillik yillarida sohada erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, gaz sanoatidagi fidoiy va jonkuyar xodimlar munosib taqdirlandi.
Shonli mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonasi yurtoshlarimiz qalbida faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otmoqda. Ortda qolgan yillar mobaynida mamlakatimizning barcha sohalari singari aholining gaz mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish, tizimni yanada modernizatsiyalash borasida yangi loyihalar amalga tadbiq etildi.
Jumladan, Jizzax viloyatida “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etilishi” natijasida barcha turdagi iste’molchilar xonadoniga zamonaviy “aqlli” gaz hisoblagichlari o‘rnatildi.
Tabiiy gaz etib bormagan va yangi tashkil etilayotgan aholi yashash manzillaridagi iste’molchilarni suyultirilgan uglevodorod maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash borasida ham yangi loyihalar joriy etildi. Har bir maishiy gaz ballonlari maxsus bar-kod raqamlari bilan belgilanib, to‘lovlarni oson va qulay amalga oshirish, gaz mahsulotlarini aniq muddat ichida harid qilish uchun iste’molchilar ID-kartalar bilan ta’minlandi.
Bu loyihalar tez fursatlarda o‘zining ijobiy samarasini berdi. Aholining ortiqcha ovvoragarchiliklarini bartaraf etdi. Tabiiy va suyultirilgan gaz mahsulotlaridagi yo‘qotishlar, qarzdorliklarning oshib ketishi va inson omili kamayishiga erishildi.
Albatta, bu kabi say-harakatlarni amalga oshirishida faol va tashabbuskor bo‘lgan gaz sanoati xodimlarining munosib hissalari bor. Mustaqilligimizning 31 yillik bayramida arafasida “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali va filialning boshlang‘ich kasaba uyushmasi rahbarlari tomonidan bir guruh xodimlar bayram sovg‘alari bilan rag‘batlatirildi.
Tadbir davomida “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali va uning shahar, tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga bayram tilaklari bildirildi. Aholiga xizmat ko‘rsatishda yanada faol bo‘lish, sifat darajasini oshirish va kelgusidagi faoliyatda muvaffaqiyatlar tilandi.
“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati