Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Tumanimizning u chekkasi bilan bu chekkasi oralig‘i 45-70 kmni tashkil etadi. Masalan, Yorqishloq-Teshiktosh – 60 km, Yorqishloq-Oyim – 45 km. Shunda ham Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi har bir iste'molchiga suyultirilgan gazni bir maromda yetkazib berish harakatidamiz”-dedi “Jalaquduqtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limining suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati bo‘lim boshlig‘i Kamoldin Jabborov.
Tumandagi 25,5 ming iste'molchiga joriy yil boshidan beri 800 tonnadan ziyodroq suyultirilgan gaz iste'molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berildi. Bugungi kunda yetkazib berishning o‘rtacha davriyligi 25-30 kunni tashkil etayapti. 25 615 nafar iste'molchida 27 216 dona maishiy gaz ballonlari mavjud bo‘lib, shundan 1884 donasi aholining shaxsiy ballonlari hisoblanadi. 26 070 ta ballon esa ta'minotchi korxona tomonidan ijara shartnoma asosida tarqatilgan bo‘lib, iste'molchining maishiy gaz balloni bilan ta'minlanganlik darajasi 109% na tashkil qilmoqda. “Delvarzin” MFY tumanning eng chekka hududlaridan birida joylashgan. Mahalla o‘ramidagi 501 ta xonadonga gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan o‘z vaqtida suyuq gaz yetkazib berilmoqda.
“Suyultirilgan gaz yetkazib berish barobarida aholiga undan foydalanish qoidalarini ham tushuntirb boryapmiz, - deydi chilangar Akmaljon Abdurayimov. – Ba'zida o‘rnatib bering deb so‘rashadi, darrov gaz ballonni o‘rnatib beramiz, o‘rnatish jarayonida uni ehtiyot qismlarini bir qator ko‘zdan kechiramiz, sannik eskirgan bo‘lsa yangisiga alishtiramiz yoki reduktordagi muammoni bartaraf qilamiz. Xalqimiz bizni xizmatimizdan qancha xursand bo‘lsa, duo qilsa biz yana shuncha ko‘p mehnat qilaveramiz...”
Jalaquduq tumanida hududlar orasidagi oraliq masofa boshqa tumanlarga qaraganda kattaroq bo‘lishiga qaramasdan, “Jalaquduqtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi xodimlari barcha yo‘nalishlarda jonkuyarlik bilan mehnat qilmoqdalar. Zero, chin dildan qilingan mehnatning rohati ham o‘zgacha bo‘ladi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati